,
13.12.2018

“O‘zsanoatqurilishbank” xorijdagi vatandoshlarni rahbarlik lavozimlariga ishga taklif etadi

“O‘zsanoatqurilishbank” xorijdagi vatandoshlarni rahbarlik lavozimlariga ishga taklif etadi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3982-sonli qaroriga muvofiq, yuqori malakaga ega bo‘lgan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarda samarali faoliyat yuritayotgan xorijdagi vatandoshlarni Bank Boshqaruvi Raisining maslahatchisi sifatida yoki rahbarlik lavozimlariga tanlov asosida ishga taklif qiladi.

Bunda “O‘zsanoatqurilishbank”ni 2018-2022 yillarda transformatsiya qilish strategiyasini amalga oshirish, zamonaviy menejment va korporativ boshqaruv mexanizmlarini keng joriy qilishda bank-moliya sohasida xalqaro miqyosda yetarli tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlarning salohiyatidan oqilona foydalanish maqsadi ilgari surilgan.

Ish haqi va boshqa ijtimoiy-moliyaviy masalalar har bir nomzod uchun uning malakasi, amaliy tajribasi va Bank faoliyatini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘sha olish imkoniyatidan kelib chiqib, individual yondashiladi.

Bankka jalb qilingan vatandoshlarimizning professional faoliyat bilan shug‘ullanishlari, shuningdek ularning oila a’zolari uchun moliyaviy, ijtimoiy va huquqiy tomonlama qulay sharoit yaratilishi kafolatlanadi.

Ma’lumot va CVlarni yuborish uchun: “O‘zsanoatqurilishbank” HR direktori - Azizxon Nodirov (nodirov@uzpsb.uz), +99897 761-79-77


Дата последнего обновления: 13.12.2018 16:14

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам