,
28.03.2019

O‘zsanoatqurilishbank va «Shinhan Bank» o‘rtasida qiymati 60 mln. dollarlik bitim imzolandi

O‘zsanoatqurilishbank va «Shinhan Bank» o‘rtasida qiymati 60 mln. dollarlik bitim imzolandi

O‘zsanoatqurilishbank va «Shinhan Bank» o‘rtasidagi savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 60 mln. AQSh dollariga teng bazaviy bitim joriy yilning 28-mart kuni Seul shahri (Koreya Respublikasi)da O‘zbekiston Respublikasi hamda Koreya Respublikasi Bosh vazirlari o‘rinbosarlarining ikkinchi yig‘ilishi doirasida imzolandi.

Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha mazkur liniya O‘zsanoatqurilishbankka Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan texnologik uskunalar va xizmatlar importiga doir loyihalarni moliyalashtirishda o‘z resurs bazasini kengaytirish hamda uning chet el bozoridagi mavqeini yaxshilash imkonini beradi.


Bank tomonidan amalga oshirilayotgan hujjatlarga doir amaliyotlar o‘z mijozlarining tashqi savdo operatsiyalari jarayonida tavakkalchiliklarni kamaytirish, pul oqimlarini ko‘paytirish, xorijiy banklar bilan salmoqli ishonchli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.

Savdoni moliyalashtirish - bu xalqaro bozorlardan mijozlarning tashqi savdo operatsiyalarini kafolatlar yoki kredit resurslarni jalb qilgan holda moliyalashtirish demakdir. Bugungi kunda ushbu tizim bank biznesining eng jadal rivojlanayotgan turlaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun. «Shinhan Bank» – 1897-yilda tashkil etilgan Koreyaning birinchi banki hisoblanadi. Muassasa «Jeju Bank» va «Chohung Bank» bilan birga Shinhan Financial Group moliya guruhi tarkibiga kiradi. Bank chakana, korporativ, investitsiya, g‘aznachilik hamda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan. 2018-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, «Shinhan Bank» aktivlari – 308,4 mlrd. AQSh doll., kapitali – 21,4 mlrd. AQSh doll., sof foydasi – 2,0 mlrd. AQSh doll.ga tengdir.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 13.04.2019 10:07

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам