,
11.03.2019

O‘zsanoatqurilishbank va KEB Hana Bank o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

O‘zsanoatqurilishbank va KEB Hana Bank o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB va KEB Hana Bank (Koreya Respublikasi) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Hujjat ikki mamlakat banki mijozlari o‘rtasida pul o‘tkazmalari borasida hamkorlik rejasini birgalikda ishlab chiqish va marketingni ilgari surish, xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha muzokaralar olib borish, pul o‘tkazmalari bozori va me’yoriy hujjatlar yuzasidan axborot almashish hamda bankning tarmoq mutaxassislari uchun o‘quv seminarlarini tashkil etishga qaratilgan.

KEB Hana Bank’ning Koreya pul o‘tkazmalari bozoridagi ulushi qariyb 60 foiz yoki 3,2 mlrd. dollarni tashkil etadi.

2018-yil holatiga ko‘ra, Koreya Respublikasida qariyb 70 ming o‘zbekistonlik migrantlar mavjud bo‘lib, ularning deyarli yarmi mehnat muhojirlaridir. 2018-yilda ular uchun qulaylik yaratish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan AQSh dollari va yevroda mazkur Koreya bankida “Nostro” korrespondentlik hisob raqamlari ochilgan.

KEB Hana Bank O‘zbekiston uchun alohida “Vostro” hisob raqamlarini ochish uchun narxni hamda bankomatlar (easy-one service) va mobil ilovalar (mobile banking) orqali o‘tkazmalar uchun vositachilik miqdorini pasaytirdi. Masalan, har qanday pul o‘tkazmasi summasi uchun mijoz 8 ming koreya vonasi (7 AQSh dollari) miqdorida komissiya to‘laydi. Bundan mustasno holatda, chunonchi, mobil ilova orqali 10 ming AQSh dollari (va/yoki undan yuqori miqdori)da pul o‘tkazmoqchi bo‘lsa, mijoz 10 ming koreya voni (9 AQSh dollari) miqdorida komissiya to‘laydi.

Ma’lumot uchun: KEB Hana Bank 1967-yilda tashkil etilgan. Aktivlar hajmi bo‘yicha Janubiy Koreyada eng yirik bank hisoblanadi. Hozirgi kunda Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy Amerika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 24 mamlakatda 160 dan ziyod filiallarga ega. Bank o‘z mijozlariga keng turdagi bank xizmatlarini taqdim etadi.

2018-yil 31-dekabr holatiga bank aktivlarining umumiy hajmi 340,1 mlrd. AQSh dollariga teng, umumiy kapitali – 24,0 mlrd. AQSh dollar miqdorida. Hisobot davrida bank tomonidan mijozlarga 179,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida kredit ajratilgan. Ko‘rilgan sof foydasi – 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Bank axborot xizmati


Дата последнего обновления: 11.03.2019 15:44

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам