,
20.08.2018

«O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» bank «Roseksimbank» bilan kredit shartnomasini imzoladi

«O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» bank «Roseksimbank» bilan kredit shartnomasini imzoladi «O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» banki Rossiya eksport-import banki («Roseksimbank») bilan umumiy qiymati 141,56 million yevroga teng kredit bitimini imzoladi.
Hujjat joriy yilning 17 avgust kuni Moskva shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda “Roseksimbank” hamda EKSAR vakillaridan iborat Rossiya eksport markazi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida imzolandi.
Ushbu mablag‘ “O‘zsanoatqurilishbank” hamda “Asaka” bank tomonidan Toshkent metallurgiya zavodida yiliga 500 ming tonna yuqori sifatli sovuq katanli metall mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Qayd etish joizki, mazkur loyihaning amalga tatbiq etilishi avtomobilsozlik, mashinasozlik, qurilish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish singari sanoatning jadal taraqqiy etayotgan tarmoqlarini xom ashyo bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
SFI Management Group kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan loyiha 2019 yilning so‘ngida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.


Дата последнего обновления: 20.08.2018 10:52

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам