,
28.03.2019

O‘zsanoatqurilishbank va «AK BARS Bank»: savdoni moliyalashtirish sohasida istiqbolli hamkorlik

O‘zsanoatqurilishbank va «AK BARS Bank»: savdoni moliyalashtirish sohasida istiqbolli hamkorlik

Mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirish maqsadida O‘zsanoatqurilishbank xorijiy moliya-kredit muassasalari, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi tijorat banklari bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga intilmoqda.

Bugun, 2019-yil 28-mart kuni «SAIPRO» axborot-reyting agentligi va MDH Moliya-bank Kengashi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro moliya-bank forumi doirasida «AK BARS Bank» va O‘zsanoatqurilishbank o‘rtasida Ramburs majburiyatini qo‘yish to‘g‘risida hamda Savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.

Mazkur hujjatlarning imzolanishi O‘zsanoatqurilishbankning savdoni moliyalashtirish sohasidagi imkoniyatlarini kengaytiradi. Yurtimizda kichik biznes sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash natijasida yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi, eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlarining tashqi savdo aloqalari takomillashadi. Bir so‘z bilan aytganda, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shadi.

O‘zsanoatqurilishbank savdoni moliyalashtirish sohasida dunyoning yetakchi banklari, jumladan, Landesbank Baden-Wuerttemberg, Commerzbank, Raiffeisen Bank International AG, «ODDO BHF», «Gazprombank»lar ishtirokida faol ish yuritmoqda.

Bundan tashqari, Bank Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlari tomonidan ilgari surilgan savdoni moliyalashtirish dasturlarining ishtirokchisi hisoblanadi.

Ma’lumot. «AK BARS Bank» – Rossiya aksiyadorlik-tijorat banki bo‘lib, uning bosh ofisi Qozon shahri (Tatariston)da joylashgan. Bugungi kunda muassasa korporativ va xususiy mijozlar uchun 100 dan ziyod bank xizmatlarini taqdim etadi. Bank Tataristonda eng yetakchi, Rossiya Federatsiyasida esa aktiv ko‘rsatkichlari bo‘yicha barqaror 25 ta bank qatoriga kiradi.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 28.03.2019 18:40

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам