,
07.01.2019

«O’ZSANOATQURILISHBANK» UZCARD BILAN HAMKORLIKDA «KREDIT KARTA»LARINI TAKLIF ETMOQDA!

«O’ZSANOATQURILISHBANK» UZCARD BILAN HAMKORLIKDA «KREDIT KARTA»LARINI TAKLIF ETMOQDA! «O’zsanoatqurilishbank» tomonidan aholi, xususan, mijozlarga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida “Kredit karta”lar muomalasi yo‘lga qo‘yildi. 
Ushbu turdagi kartalar Sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- Istalgan savdo shoxobchasidan to‘lovlarni amalga oshirish;
- bankomatlardan naqd pul yechish;
- o‘z mablag‘laringiz kabi har qanday maqsad uchun ishlatish.

Kreditning maksimal miqdori: Eng kam ish haqining 100 baravarigacha;
Kredit foizi: 28%. Bunda Siz oldindan to‘lovlarsiz, faqat ishlatilgan mablag‘ uchungina foiz to‘laysiz.
Kredit muddati: 12 oygacha.
Ta’minot sifatida esa kreditning qarzdor tomonidan to‘lanmasligi xatarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polisi yoki uchingchi shaxs kafilligidan foydalanish mumkin.

Limit borasida qayg‘urishga o‘rin yo‘q.
Kreditni so‘ndirsangiz limit doimiy ravishda tiklanaveradi.
Diqqat! «O’zsanoatqurilishbank» mijozlari, shu jumladan, Bank bilan plastik kartalaridan «Ish haqi» loyihalari asosida foydalanuvchi mijozlardan «Kredit karta»larni olish uchun atigi 2 ta hujjat so‘raladi:
 - shaxsini tasdiqlovchi (pasport) yoki uni o‘rnini bosuvchi hujjat;
 - daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma. 
«Kredit karta»lar qisqa muddatda juda oson rasmiylashtiriladi.


Дата последнего обновления: 09.01.2019 11:35

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам