,
27.03.2019

O‘zsanoatqurilishbank – “Uzbekistan Industrial exhibitions – 2019” ishtirokchisi

O‘zsanoatqurilishbank – “Uzbekistan Industrial exhibitions – 2019” ishtirokchisi

Bugun, 2019-yil 27-mart kuni poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuida “Uzbekistan Industrial exhibitions – 2019” – Xalqaro sanoat ko‘rgazmalari o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning 14 mamlakatidan tashrif buyurgan 150 dan ziyod kompaniyalar qatorida O‘zsanoatqurilishbank ham faol qatnashmoqda. 

Metallurgiya – "UzMetalMashExpo", avtosanoat – "UzTechTransExpo", tog‘-kon sanoati – "UzMiningExpo", xavfsizlik – "UzSecureExpo" va kimyo sanoati – "UzChemPlastExpo" kabi iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini bir maydonda birlashtirgan ushbu ko‘rgazmalarda mazkur sohalarga doir eng so‘nggi texnologik uskuna va jihozlar namoyish etilmoqda. 

O‘zsanoatqurilishbank ekspozitsiyasida kreditlar, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalar tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortmoqda.


Ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbankning tashqi iqtisodiy faoliyati dunyoning to‘rt qit’asidagi 17 ta moliyaviy institut hamda iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy topgan 22 mamlakat eksport-kredit agentliklarini qamrab olgan. Sredit Suisse, Raiffeisen Bank International AG, Commerzbank, KFW Ipex-Bank, Berliner Sparkasse of Landesbank Berlin AG, «ODDO BHF» hamda Turkiya va Koreya Eksimbanklari shular jumlasidandir.

Bank stendidan, shuningdek tadbirkorlik sub'yektlariga mo‘ljallangan interaktiv xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi turli axborot va tarqatma materiallarga ham keng o‘rin berilgan.


Qayd etish joizki, xalqaro sanoat ko‘rgazmalarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish, uzoq muddatli moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda eksport salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishdan iboratdir. 

Ko‘rgazmalar joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 13.04.2019 10:08

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам