,
18.08.2018

“O‘zsanoatqurilishbank” Tojikiston Respublikasi banklari bilan aloqalarni kengaytirmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” Tojikiston Respublikasi banklari bilan aloqalarni kengaytirmoqda Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmonlari biznes forumida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Amonatbank” (Tojikiston) o‘rtasida 10 million AQSh dollarilik hamkorlik bitimi imzolandi.
Mazkur kelishuvdan ko‘zlangan maqsad Tojikiston banklariga kredit liniyalarini taqdim etish orqali qo‘shni respublikaga eksport qilinayotgan O‘zbekiston mahsulotlari hajmini ko‘paytirishdir.
Qayd etish joizki, davlatimiz rahbarining Tojikiston Respublikasiga qilgan davlat tashrifi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” va “Oriyonbank” o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolangan edi. Bugungi kunda ushbu bitim bo‘yicha 5 million AQSh dollarlik kelishuv moliyalashtirildi.
Shu bilan birga banklar uzoq muddatli kreditlash, xalqaro hisob-kitob, kliring singari yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.


Дата последнего обновления: 20.08.2018 10:29

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам