,
22.10.2018

«O‘zsanoatqurilishbank» Rossiyaning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

«O‘zsanoatqurilishbank» Rossiyaning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida «O‘zsanoatqurilishbank», AJ «Rossiyskiy Eksportniy Sentr» (RETS), «Toshkent metallurgiya zavodi» MChJ va «Asakabank» O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Toshkent metallurgiya zavodini qurish” loyihasini moliyalashtirish doirasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladilar.

Mazkur Bitimning maqsadi tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun o‘zaro aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.

Bitim RETS tomonidan umumiy qiymati 141,56 million yevroga teng bo‘lgan loyihani moliyalashtiruvchi Rossiyaning tijorat banklariga “ESKAR” AJning sug‘urta qoplovchi mablag‘larini taqdim etishda ko‘makshashishni hamda eksport kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.

Eslatish joiz, joriy yil avgustida «O‘zsanoatqurilishbank», «Asakabank» va Rossiya Davlat ixtisoslashgan eksport-import Banki (Roseksimbank) tomonidan mamlakat banklari Toshkent metallurgiya zavodini qurish loyihasini sinditsirlik kreditlashi uchun umumiy qiymati 141,56 million yevroga teng Zayom bitimlari imzolangan edi.

Ilgari «O‘zsanoatqurilishbank» va «Sberbank» PAJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv haqidagi Memorandum imzolangan edi, unda xalqaro qarz bozorlarida kooperatsiya, boshqa investitsiyaviy bank amaliyotlari, savdo va eksport moliyalashtirish, xalqaro hisob-kitoblar, tajriba almashish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohalaridagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. 

Подписка


Дата последнего обновления: 22.10.2018 15:54

Мобильный банкинг JOYDA

Совершайте повседневные платежи, используя удобное приложение в смартфоне