,
16.09.2018

«O'zsanoatqurilishbank» milliy valyutadagi Visa plastik kartalari odatiy tartibda ishlamoqda

«O'zsanoatqurilishbank» milliy valyutadagi Visa plastik kartalari odatiy tartibda ishlamoqda “O'zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan muomalaga chiqarilayotgan milliy valyutadagi Visa plastik kartochkalari odatiy tartibda ishlayotganini ma'lum qilamiz.

Ushbu turdagi bank kartalari bilan respublikamizdagi hamda xorijiy davlatlardagi savdo va pullik xizmati ko'rsatish shaxobchalarida Visa to'lov terminallari orqali hamda internet saytlarda to'lovlarni o'tkazish mumkin.

Bank kartalarini «O'zsanoatqurilishbank»ning istalgan filialidan olish va plastik kartochkani naqd pul, ish haqi to'lovlari, omonat yoxud boshqa plastik kartochkadagi mablag'lar hisobidan istalgan miqdorda va istalgan vaqtda to'ldirib turish mumkin.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 16.09.2018 15:51

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам