,
11.01.2019

“O‘zsanoatqurilishbank” mijozlari o‘rtasida yangi soliq kontseptsiyasi bo‘yicha targ‘ibot o‘tkazilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” mijozlari o‘rtasida yangi soliq kontseptsiyasi bo‘yicha targ‘ibot o‘tkazilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” o‘z mijozlari bo‘lgan tadbirkorlar uchun soliq tizimining yangi kontseptsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda tadbirkorlar mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi kontseptsiyada sohaga doir o‘zgarishlar hamda ko‘zda tutilgan imtiyozlardan boxabar bo‘ldilar.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi soliqqa tortish tizimini tubdan isloh etish, shu jumladan, soliqlar va majburiy to‘lovlarni qisqartirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish maqsadida joriy qilindi. Mazkur dastur mamlakatda qulay raqobatli muhit yaratish, soliq qonunchiligi barqarorligi va soddalashtirilishini ta’minlash, soliq yuklamasini kamaytirish, investitsion jozibadorlikni oshirish hamda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishni nazarda tutadi.

Seminarda ta’kidlanganidek, endilikda soliq stavkalari keskin o‘zgaruvchan bo‘lmaydi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab xodimlar sonidan qat’iy nazar tovar aylanmasi 1 mlrd. so‘mdan yuqori bo‘lgan sub'yektlar umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tadi.

- Tadbirda tadbirkorlar uchun 2019 yilda joriy qilingan va kutilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirishlar berdik, - deydi Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Zafar Vahobov. - Ya’ni, ishtirokchilar 2019 yilda soliq stavkalarining o‘zgarishi, aynan qaysi yo‘nalishlarda stavkalar pasayib, qaysi stavkalar bekor qilinganligi to‘g‘risida zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

2019 yildan boshlab yagona soliq to‘lovining bazaviy stavkasi 4 foizni tashkil qiladi. Soliq solish ob'yektiga ega bo‘lgan barcha yagona soliq to‘lovchilar mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashga majburdirlar.

- Har yili soliq to‘lovlarini hisoblash, to‘lash tartibi kabi qator masalalar bo‘yicha turli muammolarga duch kelardik, - deydi qurilish korxonasi vakili Olimjon Begimqulov. - Yangi kontseptsiya bilan soliq to‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi, majburiyatlari aniq belgilab berildi. Prezidentimizning biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ushbu tashabbuslari alohida tahsinga loyiqdir.

“O‘zsanoatqurilishbank” bu kabi seminarlarni o‘tkazishda davom etmoqda. Maqsad - tadbirkorlarga yangi soliq kontseptsiyasining mazmun-mohiyatini yetkazish hamda uning amaliyotda samarali qo‘llanilishini ta’minlashga ko‘maklashishdan iboratdir.

Bank Axborot xizmati



Дата последнего обновления: 11.01.2019 18:59

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам