,
18.02.2019

O‘zsanoatqurilishbank mijozi Osiyo davlatlariga bepul sayohatni qo‘lga kiritdi!

O‘zsanoatqurilishbank mijozi Osiyo davlatlariga bepul sayohatni qo‘lga kiritdi!

O‘zsanoatqurilishbankning poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek filialida “Visa-SO‘M universal kartasi bilan bepul sayohat qiling!” aksiyasi g‘olibini aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aksiya g‘olibini aniqlash random.org dasturi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tarzda olib borildi.

Bunda generator tanlagan tasodifiy raqamga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbankning Buxoro mintaqaviy filiali mijozi Firdavs Xolnazarovga omad kulib boqdi va u Malayziya, Tailand va Singapur davlatlariga 10 kunlik qiziqarli sayohat uchun ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

Eslatib o‘tamiz, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Visa kompaniyasi hamda turist.uz agentligi hamkorligida xalqaro va so‘mli Visa plastik kartalari egalari uchun aksiya e’lon qilingan edi.

Aksiya shartiga ko‘ra, Bankning ushbu turdagi plastik kartalari foydalanuvchilari o‘z hisobidan kamida 3 marotaba 250 AQSh dollari miqdori (yoki ushbu summaning milliy valyutadagi ekvivalenti)da xaridlarni amalga oshirishlari lozim edi.

Aksiya 2018-yilning 1-dekabridan 2019-yilning 1-fevraliga qadar davom etdi.

Unda “O‘zsanoatqurilishbank”ning jami 1034 nafar mijozi ishtirok etdi.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 18.02.2019 16:07

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам