,
15.01.2019

«O’zsanoatqurilishbank» Germaniya banklari bilan yirik miqdorda kelishuvlar imzoladi

Berlinda 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi oldidan O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida «O’zsanoatqurilishbank» hamda bankning korporativ mijozlari Germaniya moliya muassasalari hamda ishbilarmon doiralari bilan ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzoladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasida investitsiya va savdo sohalaridagi o‘zaro hamkorlikning jadallashishi kuzatilmoqda. Xususan, «O’zsanoatqurilishbank» tomonidan Germaniyaning «AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH», «BayernLB», «KfW IPEX-Bank GmbH», «ODDO BHF», «Landesbank Baden-Wuerttemberg», «Landesbank Hessen-Thüringen», SAP kabi yetakchi banklari va kompaniyalari bilan turli mazmundagi uchrashuvlar o‘tkazilib, manfaatli kelishuvlarga erishilmoqda.

SAP kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Inxa universitetida moliyaviy texnologiya markazi tashkil etildi. Markaz talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida bank ishiga oid barcha sohalaridagi nazariy bilimlarini amalda sinash va mustahkamlashga imkon beradi.

Commerzbank bilan birgalikda esa «O’zsanoatqurilishbank» faoliyati samaradorligini yaxshilash, biznes jarayonlarini takomillashtirish, ilg‘or bank texnologiyalarini jalb qilib, yangi texnologik bazani yaratish ishlari olib borilmoqda. Nemis moliya muassasalarida qo‘llanilayotgan zamonaviy boshqaruv uslublari o‘zlashtirilib, xodimlar malakasi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilmoqda.

O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim omil bo‘ldi. Jumladan, «O’zsanoatqurilishbank» yetakchi nemis banklari – «AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH», «KfW IPEX-Bank GmbH», «Berliner Sparkasse of Landesbank Berlin AG» va «ODDO BHF» bilan umumiy miqdori 285 million yevroga teng kelishuvlarga erishdi.

Forumda, shuningdek, bankning korporativ mijozlari - «East Mining Invest», «Shakhrisabz Textile», «Khantex Group» korxonalari Germaniyaning «Hartmann Lebensmitteltechnik Anlagenbau GmbH», «Truetschler GmbH & Co. KG», «Vock Maschinen-und Stahlbau GmbH», «COMMIT Project Partners GmBH», «Wehrhahn GmbH CNHI International S.A.» bilan umumiy qiymati 200 million yevrodan ziyod hamkorlik va savdo shartnomalarini imzoladi.

Bank Axborot xizmati



Дата последнего обновления: 18.01.2019 09:40

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам