,
26.04.2019

O‘zsanoatqurilishbank Freedom Finance bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bor “Investor kuni”ni o‘tkazdi

O‘zsanoatqurilishbank Freedom Finance bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bor “Investor kuni”ni o‘tkazdi

2019-yil 26-aprel kuni "O‘zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan Freedom Finance investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda “Investor kuni” onlayn anjumani o‘tkazildi.

Birinchi marta tashkil etilgan “Investor kuni”da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, Freedom Finance investitsiya kompaniyasi vakillari, xorijiy va mahalliy investorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda bankning 2019-yil I choragi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, bank rahbariyati hamda Freedom Finance kompaniyasi ekspertlari tomonidan bankning joriy faoliyati xususida chiqishlar qilindi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha bank tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bank kapitallashuv darajasini yuksaltirish, xalqaro kredit-moliya muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirgan holda investitsion xizmatlar jozibadorligini oshirish, bank-mijoz amaliyotlarini avtomatlashtirish, korporativ mijozlarga mo‘ljallangan innovatsion xizmatlarni rivojlantirish kuchaytirilmoqda.

2019-yil I choragi yakunlari bo‘yicha Bank ustav kapitali yil boshiga nisbatan 1,2 barobarga ortib, 2,1 trln. so‘m miqdorida shakllantirildi. Xalqaro talablarga muvofiq, Bankning asosiy ko‘rsatkichlari, ya’ni aktivlari rentabelligi (ROA) – 1,3 foiz (yil boshiga nisbatan o‘sish 0,4 foiz), kapitali rentabelligi (ROE) esa 13,0 foiz (yil boshiga nisbatan o‘sish 2,8 foiz)ni tashkil etdi.

Bankning tashqi iqtisodiy faoliyati dunyoning to‘rt qit’asidagi 17 ta moliya instituti, eng rivojlangan 22 mamlakatning eksport-kredit agentliklarini qamrab olgan.

Bankda ISO 9001: 2015 xalqaro standartning talabalariga javob beradigan sifat menejmenti tizimi amal qilmoqda va 2018-yilda Germaniyaning nufuzli TUV kompaniyasi tomonidan muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan.

Bankka xalqaro Fitch Ratings (ВВ-) agentligi tomonidan berilgan reyting baholar joriy yilning yanvar oyida bir pog‘ona oshirilib, istiqboli “Barqaror” deya tasdiqlandi.

Shuningdek, xalqaro Standard & Poor’s (В+) hamda milliy Ahbor Reyting (uzA+) agentliklari tomonidan berilgan reytinglar ham o‘z darajasida (“Barqaror”) saqlanib qolindi.

O‘zsanoatqurilishbank respublika fond bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Bank aktsiyadorlari 34 400 tadan ortiqni tashkil etadi. 2009-yildan bank tomonidan 5 ta korporativ obligatsiyalar va 10 ta depozit sertifikatlari chiqarilib, respublika fond bozori rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Ekspertlar tomonidan bank oddiy aksiyalari sotuvining yuqori o‘sish potensialiga egaligi quyidagicha izohlanmoqda:

– Bank oddiy aksiyalarining fundamental narxidan 30-35 foiz chegirma bilan sotilishi;

– Fond birjasida Bank oddiy aksiyalarining kunlik savdolari amalga oshirilishi hamda I chorak davomidagi savdo hajmlari bo‘yicha top-5 talikka kiritilishi;

– Bank aksiyalari bo‘yicha Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi jarayonida mijozlarga anderrayting va konsalting xizmatlarining ko‘rsatilishi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zsanoatqurilishbank Freedom Finance bilan 2018 yildan buyon hamkorlik qiladi. Freedom Finance – Markaziy Osiyoning yetakchi sarmoyaviy brokeri. Kompaniya O‘zbekistonda brokerlik, ishonchli boshqaruv, anderrayting, market-meyker, o‘qitish va tahlil qilish xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniya Freedom Holding Corp. xalqaro xoldingi (AQSh) tarkibiga kiradi.

Bank Axborot xizmati



Дата последнего обновления: 26.04.2019 18:14

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам