,
25.01.2019

O’zsanoatqurilishbankda “Avesto” nomli omonat amaliyotga kiritildi

O’zsanoatqurilishbankda “Avesto” nomli omonat amaliyotga kiritildi

O’zsanoatqurilishbank tomonidan milliy valyutada yangi “Avesto” nomli omonat joriy etildi.

Omonatning yillik foiz stavkasi 20 foiz bo‘lib, u omonatchiga har oyda to‘lab beriladi.

Omonatning saqlanish muddati - 24 (yigirma to‘rt) oy.

Unga mablag‘lar jamg‘arma kassalarida omonat daftarchasini rasmiylashtirish orqali yohud masofadan turib “UzPSB Mobile” mobil ilovasi yordamida onlayn tarzda qabul qilinadi.

Omonat bo‘yicha belgilangan boshlang‘ich badalning minimal miqdori 2 000 000 so‘m. Maksimal hajmi - chegaralanmagan. Biroq, unga saqlash muddati oralig‘ida qo‘shimcha mablag‘ kiritib borish mumkin emas.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 26.01.2019 08:54

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам