,
17.10.2018

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xalqaro sifati menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq deb topildi

Bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishbank” mamlakatimizning jadal rivojlanib borayotgan, salohiyatli, yetakchi yirik banklardan biri hisoblanadi. Bank o‘z faoliyatiga jahonning ilg‘or tajribalarini tadbiq qilish va iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatish orqali moliya bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlamoqda.
Bank tizimining jahon moliyaviy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda ISO 9000 toifasidagi xalqaro standartlarga rioya qilinishi hamda uning rasmiy va ommaviy tarzda tasdiqlanishi - katta maqsadlarni ko‘zlagan har qanday bank uchun muhim ahamiyatga egadir.

“O‘zsanoatqurilishbank” ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi audit tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro standartlar bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Mazkur xalqaro standartning joriy qilinishi bankda ish jarayonlarini amalga oshirish mezonlari va mijozlarning bankka bo‘lgan munosabatini tahlil qilib borishga zamin yaratadi. Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirishga omil bo‘ladi. 

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida bank-moliya sohasida xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank tavakkalchiligini baholash mexanizmlari takomillashtirilib, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari joriy etilmoqda.






Дата последнего обновления: 17.10.2018 19:53

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам