,
22.03.2019

O‘zsanoatqurilishbank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasida yirik miqdorda kelishuvlar imzolandi

O‘zsanoatqurilishbank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasida yirik miqdorda kelishuvlar imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining London shahri (Buyuk Britaniya)ga tashrifi doirasida 2019-yil 21-mart kuni «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning YeTTB Savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish dasturidagi ishtiroki to‘g‘risida Bitim» va «O‘zsanoatqurilishbank» ATB uchun YeTTBning revolver kreditini ajratish to‘g‘risida Bitim» imzolandi.

Savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish dasturi bank amaliyotlari mamlakatlari va ular orasida, shu jumladan O‘zbekiston bilan xalqaro savdoni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Mazkur Dastur doirasida YeTTB «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga 20 mln.dollari miqdorigacha belgilangan limit bilan revolver kreditini taqdim etadi. Bunda belgilangan limit miqdorining 50 foizigacha summasi eksportgacha va importdan keyingi amaliyotlarni moliyalashtirish uchun pullik bo‘nak shaklida sarflanishi mumkin.

Taqdim etilayotgan kredit liniyasi kichik va o‘rta biznesni, ayniqsa mamlakatning chekka hududlarida moliyalashtirish hamda «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga eksport-import kelishuvlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash, bank xizmatlar hajmini oshirish va tashqi savdo amaliyotlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘z mahsulotlari turlarini kengaytirish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 1991-yilda tashkil topgan. 1999-2017- yillarda YeTTB 20 mingdan ziyod tashqi savdo amaliyotlarni bajargan, shu jumladan, o‘zbekistonlik eksportchi va importchilar bilan 209 kelishuvni amalga oshirgan. Umumiy amaliyotlar hajmi 15 mlrd.yevroni tashkil etadi, ularda dunyodagi 27 mamlakatlarning 95 ta bank-emitentlari va 800 dan ziyod tasdiqlovchi banklar ishtirok etadi.




Дата последнего обновления: 25.03.2019 10:41

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам