,
19.10.2018

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Gazprombank” bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Gazprombank” bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yirik investitsiya loyihalari va kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bankni strategik rivojlantirish jarayonlarini muvafaqqiyatli amalga oshirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Rossiyaning yirik moliyaviy institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Gazprombank” AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

Mazkur hujjat Rossiya Federatsiyasining yetakchi moliya muassasalaridan biri hisoblangan “Gazprombank” bilan “O‘zsanoatqurilishbank” o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik munosabatlarining o‘rnatilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Kelishuvda transport, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, qurilish singari muhim ahamiyatga ega sohalarning 50 million AQSh dollari miqdoridagi investitsion loyihalarini moliyalashtirish belgilandi. 
Kelishuv doirasida, savdoni moliyalashtirish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi. Qimmatli qog‘ozlar va qarz kapitali bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish, yevroobligatsiyalarini nafaqat Rossiya Federatsiyasi hududida, balki boshqa xorijiy mamlakatlarda ham chiqarilishi belgilanganini alohida qayd etish joiz.

 “Gazprombank” bilan bank xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan bo‘lib, bu “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish imkonini beradi. 

Ta’kidlash  kerakki, Kelishuv doirasida O‘zbekiston Respublikasida Atom elektr stantsiyasini qurish loyihasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab olindi.


Дата последнего обновления: 19.10.2018 20:39

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам