,
20.03.2019

Nukusliklarga Navro‘z tuhfasi

Nukusliklarga Navro‘z tuhfasi

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Nukus shahrida barpo etilgan “Aral” va “Tabassum” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi.


Yurtimizda bahor faslining tarovatli ayyomi, mehr-oqibat, qut-baraka elchisi – Navro‘z kezmoqda. Ulug‘ ayyomni munosib kutib olish maqsadida joylarda turli ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda turli ijtimoiy ob'yektlar qatorida zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalari qurib, foydalanishga topshirilmoqda.


O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ham bayramni munosib kutib olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ikkita nodavlat ta’lim muassasasining ochilish marosimi o‘tkazildi.


Qayd etish kerak-ki, O‘zsanoatqurilishbank Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat-xususiy sherikchilik asosida 179 ta nodavlat bolalar bog‘chasini barpo etish bo‘yicha mas’ul etib tayinlangan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalari qad ko‘tarmoqda.


Bayram arafasida faoliyatini boshlagan Nukus shahridagi “Aral” va “Tabassum” nodavlat MTMlar ham bank tomonidan bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy ifodasiga aylandi.


Ochilish tantanalarida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda sohaga qaratilayotgan yuksak e’tiborni yuqori baholab, mazkur yangi maktabgacha ta’lim muassasalari barcha zamonaviy talablar asosida qad rostlagani, u yerda bolajonlarning mukammal ta’lim-tarbiya olishlari uchun keng sharoitlar yaratilganini ta’kidladilar.


Haqiqatan ham, har biri yuz o‘ringa mo‘ljallangan ushbu ikki maskan tashqi ko‘rinishidan tortib, bir-biridan ko‘rkam va shinam, keng va yorug‘ mashg‘ulot hamda dam olish xonalari eng zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan. 


Mashg‘ulotlar tarbiyalanuvchilarning o‘z ona tilidan tashqari, ingliz va rus tillarida olib boriladi, sport zali hamda oshxonalari ham zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.


Navro‘z shodiyonalari arafasida Nukus shahrida yana 11 ta maktabgacha ta’lim muassasasining ochilishi ko‘zda tutilgan.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 13.04.2019 10:12

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам