,
19.10.2018

​​“Muvaffaqiyatli boshqaruv sirlari: xodimlar mamnun bo‘lib ishlashi uchun nima qilish kerak”

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBni transformatsiya qilish jarayonida xodimlarni samarali boshqarish tizimi ham tubdan takomillashtirilmoqda. Hozirgi kunda Bankda inson resurslarini boshqarishda yetakchi xorijiy kompaniyalar amaliyotidan foydalangan holda, “Welcome Treining”, timbilding, xodimlarni moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish kabi shakllari joriy etilmoqda.

Bankning HR departamenti tomonidan mintaqaviy filiallar rahbarlari uchun “Muvaffaqiyatli boshqaruv sirlari: xodimlar mamnun bo‘lib ishlashi uchun nima qilish kerak” mavzusida trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilarga rahbar va lider o‘rtasidagi farqlar, xodimlarni boshqarishning zamonaviy usullari, jamoaviy ruhni kuchaytirish va motivatsiya masalalari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Trening “Baxtli xodim = baxtli mijoz” shiori ostida o‘tkazildi, bu o‘z o‘rnida, xodimlarning ijobiy ruhiy holati ish beruvchi uchun naqadar muhimligini tasdiqlaydi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ham o‘z mijozlarini, ham o‘z xodimlarini birdek qadrlaydi, shu bois ular uchun har tomonlama qulay va maqbul sharoitlarni yaratish maqsadida barcha choralarni ko‘radi.









Дата последнего обновления: 19.10.2018 10:28

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам