,
09.04.2019

#kitobulash aksiyasi O‘zsanoatqurilishbankda faol davom etmoqda

#kitobulash aksiyasi O‘zsanoatqurilishbankda faol davom etmoqda

Ayni kunlarda O‘zsanoatqurilishbankning rahbar va xodimlari tomonidan ta’lim muassasalariga kitob sovg‘a qilish tadbirlari faol davom etmoqda.

6-aprel kuni Bank Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari Saxi Annaklichev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 36-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, o‘zi tahsil olgan ta’lim muassasasi o‘quvchilariga ikki yuzga yaqin adabiy-badiiy va ilmiy-ommabop asarlarni tuhfa qildi.


Shu kuni, shuningdek, Boshqaruv Raisining o‘rinbosari Zafar Azimov ham ilk ta’lim olgan maskani – Samarqand shahri 49-umumta’lim maktabidagi ustozlarini yo‘qlab, ta’lim dargohi kutubxonasini 150 dan ziyod durdona kitoblar to‘plami bilan boyitdi.


Aytish joiz, ushbu asarlar jamlamasi davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi, mehri va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommalashtirish, ulug‘ bobolarimizga munosib avlod bo‘lib yetishishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Zero, kitob nafaqat ziyo manbai, balki odob-axloq, tarbiya vositasi sifatida kishilarda insoniy fazilatlarni shakllantiradi, keng dunyoqarashli, mustaqil fikrlovchi shaxs bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim rol o‘ynaydi.



Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 13.04.2019 10:06

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам