,
08.11.2018

Kampirtepa granit konida yirik loyiha ishga tushdi

Ko‘xitang tog‘ tizmasida joylashgan Kampirtepa granit koni dunyo bo‘yicha noyob kon sanaladi. U yerda uch xil - qizil, qo‘ng‘ir va jigarrang granit xomashyosi, shuningdek, kon oq va ko‘k rangli gabbro toshlari mavjud.


Prezidentimiz 2017 yil 10-11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu hudud imkoniyatidan foydalangan holda, granit va gabbro toshlarini qazib olib, qayta ishlash korxonasini tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.

Shunga muvofiq, Sherobod tumanida “Komfort Inert Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tumanda tashlandiq besh gektar yer maydoni va bo‘sh turgan binolar “nol” xarid qiymatida ajratildi. Xorijdan zamonaviy uskuna va jihozlar keltirilib, aloqa-kommunikatsiya tizimlari o‘rnatildi. Ushbu ishlarni tez va sifatli amalga oshirishda korxonaga “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan xorijiy kredit liniya asosida katta miqdorda moliyaviy yordam ko‘rsatildi.

Hozirda tog‘li qishloqda qad rostlagan korxonada hudud aholisining ikki yuzdan ortig‘i doimiy ish bilan ta’minlangan. Mehnat jamoasi uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.

Yiliga 300 ming kv. metr granit va gabbro toshlari qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega mazkur korxona materiallari mamlakatimizda barpo etilayotgan zamonaviy qurilish inshootlariga yetkazib beriladi. Mahalliy ehtiyojdan ortiq qismi esa xorijga eksport qilinadi.






Дата последнего обновления: 08.11.2018 18:32

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам