,
25.04.2019

Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekiston parrandachilik sohasiga qiziqish bildirmoqda

Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekiston parrandachilik sohasiga qiziqish bildirmoqda

“Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan Janubiy Koreyaning “Detox King Co. Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Antibiotiklarning o‘rnini bosuvchi yuqori funktsional mineral ozuqa qo‘shimchalari” hamda “Parranda yetishtirishda ilg‘or texnologiyalar” mavzularida amaliy seminar tashkil etildi.

824daa84-2e38-4d17-895f-0140f64d3d3e.jpg

Mamlakatimizda parrandachilik mahsulotlari va parranda chiqindilarini qayta ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, eksportni kuchaytirish, parrandaning noyob turlarini yetishtirishni ommalashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Bunda sohaga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, innovatsion ishlanmalarni joriy etish, umuman, rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda zamonaviy parrandachilik klasterlarini barpo etish vazifalari ustuvorlik kasb etmoqda.

Prezidentimizning 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal bo‘layotir.

Tarmoqqa doir istiqbolli biznes-rejalarning muddatidan kechikmay tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida O‘zsanoatqurilishbank ustav kapitalidagi davlat ulushi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan ekvivalenti 50 mln. AQSh dollariga (ekvivalentda) oshirildi.

9cd09bcb-f167-4a9a-a57c-00d172a7159f.jpg

Seminarda tomonlar respublikamizda parrandachilikni rivojlantirish maqsadida yaratilgan ushbu qulay sharoitlar, ishlab chiqilgan dasturlar ahamiyati, investorlar uchun ko‘zda tutilgan imtiyozlar xususida fikr yuritdi.

Muhokamalar chog‘ida mahalliy tadbirkorlar koreyalik mutaxassislar bilan sifatli parranda mahsulotlarini ishlab chiqarishda antibiotiklarning o‘rnini bosuvchi yuqori funktsional mineral ozuqa qo‘shimchalar, parrandachilik mahsulotlarining biologik va ekologik xavfsizligini ta’minlash, parranda yetishtirishda ilg‘or texnologiyalar kabi mavzularda tajriba almashishdi.

Ta’kidlash joiz, yurtimizda raqobatbardosh parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste’mol bozorini barqaror va maqbul narxlarda ana shunday oziq-ovqat turi bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, tarmoq korxonalari uchun qator imtiyozlar taqdim etildi, mas’ul tashkilot va muassasalar faoliyatida samarali mexanizm yaratildi.

Xususan, davlatimiz rahbarining qaroriga asosan parrandachilik korxonalari uchun 2021-yil 1-noyabrga qadar import qilinayotgan ozuqa komponentlari, asbob-uskunalar va jihozlar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan. Bundan tashqari, hujjatda ishlab chiqarishning munosib amaliyoti (GMP – Good Manufacturing Practice) sertifikatlariga ega bo‘lgan parrandalar uchun chet el vaktsina va biopreparatlari qo‘shimcha muvofiqlik sertifikatlarisiz tan olinishi belgilab qo‘yilgan.

Seminarda xorijiy mutaxassislar sohani rivojlantirish yo‘lidagi ana shu jihatlarni ham yuqori baholadi. Bunday imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini olib borishga kelishib oldilar.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 25.04.2019 12:15

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам