,
28.01.2019

ITFC 15 million dollarlik savdoni moliyalashtirish liniyasini taqdim etadi

ITFC 15 million dollarlik savdoni moliyalashtirish liniyasini taqdim etadi

“O’zsanoatqurilishbank” va Xalqaro Islom savdo-moliya korporasiyasi (ITFC) O‘zbekiston Respublikasida xususiy sektor korxonalarini moliyalashtirish uchun 15 mln. AQSh dollariga teng Savdoni moliyalashtirish liniyasini taqdim etish to‘g‘risida bitim imzoladi.

Mazkur hujjatning imzolanishi tadbirkorlik sub'yektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish hamda xomashyo tovarlarni yetkazishni moliyalashtirishga qisqa muddatli kreditlarni taqdim etish imkonini beradi.

“O’zsanoatqurilishbank” mazkur korporasiya bilan O‘zbekiston bank hamjamiyati vakillarini islomiy moliyalashtirishning nazariy va amaliy bilimlari hamda ko‘nikmalari bilan tanishtirishda faol hamkorlik qiladi.

Jumladan, 2019 yil 22-25 yanvar kunlari Toshkent shahrida “O’zsanoatqurilishbank”, ITFC va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi hamkorligida “Savdoni moliyalashtirishda qo‘llaniladigan islomiy tamoyillar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. O‘ndan ziyod bank-moliya muassasi vakillari hamda “O’zsanoatqurilishbank” korporativ mijozlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ushbu seminarda Islom moliya bozorida eng ko‘p qo‘llaniladigan islomiy moliyalashtirish vositalari – «murabaxa», «idjara», «musharaka» va «mudaraba» tushunchalariga izoh berildi.

Ma’lumot. Xalqaro Islom savdo-moliya korporasiyasi Islom taraqqiyot banki guruhining nufuzli bo‘linmalaridan biri hisoblanadi. Tashkilot islomiy moliyalashtirish sohasida a’zo-mamlakatlar o‘rtasida bilimlar almashuvini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, savdo va tashuvlar tartib-qoidalarini soddalashtirish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan. Buning uchun korporasiya xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda seminarlar, ishchi majlislar va o‘quv dasturlarini o‘tkazmoqda.




Дата последнего обновления: 29.01.2019 15:17

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам