,
25.01.2019

Islomiy moliyalashtirishda qanday vositalar keng ommalashgan?

Islomiy moliyalashtirishda qanday vositalar keng ommalashgan?

Joriy yilning 22-25 yanvar kunlari poytaxtimizda “O’zsanoatqurilishbank”, Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi hamkorligida “Savdoni moliyalashtirishda qo‘llaniladigan islomiy tamoyillar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda “O’zsanoatqurilishbank” mijozlari hamda bank-moliya muassasalari vakillari islomiy tamoyillar asosida savdoni moliyalashtirishda joriy qilingan yangi moliyaviy mahsulotlar bilan tanishtirildi. Islomiy moliyalashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar hosil qildi.

Tadbirda bugungi kunda Islom moliya bozorida eng ko‘p qo‘llaniladigan islomiy moliyalashtirish vositalari sifatida - «murabaxa», «idjara», «musharaka» va «mudaraba» kabilar tilga olinib, ular xususida ham keng tushuncha berildi.

Ta’kidlab o‘tamiz, “O’zsanoatqurilishbank” va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida O‘zbekistonda islomiy moliya va mahsulotlarni targ‘ib qilishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi 2018 yilda imzolangan. Bugungi kunda tomonlar ushbu yo‘nalishda moliyalashtirish liniyalarini faollashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib bormoqda.

Ma’lumot. Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi Islom taraqqiyot banki guruhining nufuzli bo‘linmalaridan biri hisoblanadi. U islom dunyosidagi insonlarning iqtisodiy ahvoli va yashash muhitini yaxshilash uchun savdoni ilgari surish maqsadida tuzilgan.

Islomiy moliyalashtirish - bu shiddatli ravishda o‘sib borayotgan bozorlardan biridir. Ayni paytda 75 mamlakatda 500ga yaqin islomiy banklar faoliyat yuritadi. «Standard & Poor’s» xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda islomiy moliyalashtirish tizimi ishtirokchilarining aktiv ko‘rsatkichlari holati 1 trln. dollardan oshadi.

Bu biznes turi bozor iqtisodiyotining bosh mezonlariga muvofiqligi barobarida, shariat qoidalariga asoslangan axloqiy tamoyillarga egaligi bilan ajralib turadi.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 28.01.2019 10:07

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам