,
02.05.2019

Har chorshanba - Investitsiya kuni

Har chorshanba - Investitsiya kuni

O‘zsanoatqurilishbankda haftaning har chorshanba kuni Investitsiya kuni tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2019-yil 8-aprel kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zsanoatqurilishbankda haftaning har chorshanba kuni investitsiya kunlari o‘tkazilmoqda.

Investitsiya kunlarida bankning barcha hududiy filiallariga investor va tadbirkorlar taklif etilib, ularga loyihalarni moliyalashtirish manbalari, xorijiy kredit liniyalari shartlari, mulkni garovga olish va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumot berilmoqda.

2019-yil 1-may kuni navbatdagi ana shunday tadbir – Namangan viloyatidagi loyiha tashabbuskorlari va tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari S.Annaklichev, Boshqaruv raisi o‘rinbosari Z.Azimov, bankning Investitsiya markazi va Namangan mintaqaviy filiali rahbar xodimlari hamda 20 ga yaqin tadbirkor, Savdo sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.


Mazkur tadbirning vebinar ko‘rinishida tashkil etilgani ishtirokchilar, xususan, tadbirkorlarning vaqtini tejashda qo‘l keldi.

Uchrashuv davomida bank rahbariyati tomonidan tadbirkorlarga loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari, xususan, dunyoning to‘rt qit’asidagi 17 ta moliya instituti, eng rivojlangan 22 mamlakatning eksport-kredit agentliklarini qamrab olgani xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Investor kuni chog‘ida namanganlik tadbirkorlar loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq savollari bilan murojaat qildi. Jumladan, tadbirkorlar Turkiya davlatidan uskuna va jihozlar olib kelish uchun bank taklif etayotgan xorijiy kredit liniyalari va shartlari bilan qiziqdi. Shuningdek, tadbirkorlar xom ashyo sotib olish uchun qisqa muddatli xorijiy valyutadagi kredit ajratish, xatarlarni sug‘urtalash masalalari bo‘yicha savollariga javob oldilar.

Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda bankning Namangan mintaqaviy filialida 2 mingdan ortiq yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Filialning joriy yil 1-may holatiga kredit portfeli 187,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, bunda xorijiy kreditlar hisobidan jami 7 mln. dollarlik 17 ta loyiha moliyalashtirildi.

Investitsiya kuni tadbirlari bankning boshqa hududiy filiallarida ham davom ettiriladi.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 02.05.2019 17:53

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам