,
20.12.2018

«Frontera Capital» Sanoat Qurilish Bank qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi

«Frontera Capital» Sanoat Qurilish Bank qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari Sanoat Qurilish Bank delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ldi.

17 dekabr kuni Abu Dabi shahrida Sanoat Qurilish Bank va «Frontera Capital» investitsiya kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuv imzolandi. 
Hujjat 50 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya va kredit vositalarini jalb qilishni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, kelishuvga ko‘ra, «Frontera Capital» Sanoat Qurilish Bank tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi. Bu investitsiya loyihalarini uzoq muddatli resurslar bilan moliyalashtirish imkoniyatini yanada oshiradi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston kredit bozorini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, «Frontera Capital» investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya rivojlanayotgan mamlakatlardagi kreditlar va obligatsiyalar bo‘yicha ikkilamchi bozorlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.

Bank Axborot xizmati




Дата последнего обновления: 20.12.2018 19:03

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам