,
16.01.2019

Fitch Ratings “O’zsanoatqurilishbank” reytingini bir pog‘ona oshirdi

Fitch Ratings “O’zsanoatqurilishbank” reytingini bir pog‘ona oshirdi Xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri - Fitch Ratings “O’zsanoatqurilishbank” kredit reytingini «B+»dan «BB-»ga oshirib, uning istiqbolini “Barqaror” deya baholadi.
Ushbu daraja bankning asosiy ko‘rsatkichlari barqarorligini, xususan, kreditlash salohiyatining yuqoriligini ifodalaydi. Mijozlari, hamkorlari va sarmoyadorlari oldida ishonchliligini namoyon etadi.
Fitch Ratings bank reytingini aniqlashda uning yillik moliyaviy faoliyati, xususan, kreditlash sohasida istiqboldagi salohiyatini chuqur o‘rganib, tahlil qildi.
Ta’kidlash joiz, “O’zsanoatqurilishbank”ning kreditlash faoliyati keng qamrovli. Bank sarmoyalari iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan tortib, kichik biznes sohasini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.  Neft-gaz, energetika, kimyo, metallurgiya kabi iqtisodiyotning real sektoridagi bir necha o‘nlab loyihalar “O’zsanoatqurilishbank” investitsiyalari hisobiga o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilmoqda. Yetakchi reyting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting “O’zsanoatqurilishbank”  faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi. Bu esa uning mijozlar oldidagi obro‘yini yanada oshiradi.

Bank Axborot xizmati



Дата последнего обновления: 17.01.2019 10:41

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам