,
26.03.2019

Endi xorijiy valyuta sotib olish uchun buyurtmanomani onlayn yuborish mumkin

Endi xorijiy valyuta sotib olish uchun buyurtmanomani onlayn yuborish mumkin

O‘zsanoatqurilishbank yuridik shaxs maqomidagi mijozlari uchun yana bir qulaylik yaratilganini e’lon qiladi.

Endilikda Bankning yuridik shaxs maqomidagi mijozlari xorijiy valyuta sotib olish uchun buyurtmanomani onlayn yuborishlari mumkin.

Xizmat Bankning “Korporativ internet-banking” dasturi orqali taqdim etilmoqda. Buning uchun Sizdan faqatgina elektron raqamli imzoga ega bo‘lishlik talab etiladi.

O‘zsanoatqurilishbank biznesingiz rivoji uchun qulayliklar yaratishda davom etadi!

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 26.03.2019 10:24

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам