,
23.01.2019

Biznes-loyiha bo‘yicha mutaxassis ishga qabul qilamiz!

Siz biznes-loyiha tuzish bo‘yicha tajribali mutaxassismisiz? Moliya va biznes sohasida bilim va ko‘nikmangiz-chi, yetarlimi?!

Shunday bo‘lsa, Siz o‘z salohiyatingizga munosib “daromadli ish” topdim deyavering!

“O’zsanoatqurilishbank” qoshidagi Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi investitsion loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislarni ishga jalb qilmoqda.

Bu borada Bizni Sizning investitsion loyihalarni moliyaviy modellashtirish, ularning samaradorligi va riskini tahlil qilish bo‘yicha amaliy tajribangiz qanoatlantirsa, bas!

“O’zsanoatqurilishbank” jamoasiga qo‘shiling va quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ling:

• Professional va kasbiy o‘sish;
• Munosib ish xaqi;
• Professional xodimlarning do‘stona jamoasi.

Rezyumeni z.barasheva@uzpsb.uz manziliga yuboring!
Nomzodlar tanlov asosida ko‘rib chiqiladi.


Дата последнего обновления: 23.01.2019 19:14

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам