,
26.10.2020

Bankning 98-yilligi munosabati bilan Oʻzsanoatqurilishbankdan aksiya!

Avtomobil bugungi kunga kelib hashamat emas, balki harakatlanish vositasidir. Bu oʻziga xos bir erkinlik va shahar transporti harakatlanish jadvali yoki taksi kutishdan holi boʻlishdir.

Avtomobil sotib olishni istagan har bir kishi biror bir maqsadni koʻzlaydi: kimdir uchun avtomobilga egalik qilish bolaligi orzu boʻlsa, boshqa birov uchun – oʻz maqomini taʼkidlash imkoniyati va kimdir esa shunchaki istalgan vaqtda oʻz transportida sayohat qilishni istaydi.

Siz ham oʻz shaxsiy avtomobilingizga ega boʻlishni istaysizu, lekin harid qilish uchun yetarli mablagʻingiz yoʻqmi? Oʻzsanoatqurilishbankdan avtokredit bilan orzularni roʻyobga chiqarish juda oson.

Oʻzbekistonning eng qadimgi bankidan bizning qadrli mijozlarimiz uchun superaksiya tayyorlandi: endi siz eng qulay shartlarda - yiliga 19,8 foiz stavka bilan kredit olib, yangi avtoulovga ega boʻlishingiz mumkin!

Avtokreditning qulay shartlari bilan siz tez va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz eng qisqa vaqt ichida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobilni sotib olishingiz mumkin. Orzuingizdagi avtomobil oʻtini oldiring!

Kredit olish uchun siz ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlishingiz kerak (ilgari olingan kreditlar va boshqa majburiyatlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzlar boʻlmasligi kerak), kamida oxirgi 6 oy davomida uzluksiz doimiy daromad ega va barcha kreditlar boʻyicha qarz yuki va boshqa majburiyatlar, kafillik oʻrtacha oylik daromadning 80 foizidan oshmasligi kerak.             

Kredit muddati – tanlangan avtomobil modeliga qarab 24 oydan 60 oygacha

Qarz oluvchidan qabul qilinadigan hujjatlar roʻyxati

  • pasport;

  • oxirgi 12 oy davomidagi daromadi boʻyicha maʼlumotnoma;

  • avtomobil harid qilish boʻyicha shartnoma.

Kredit boʻyicha qoʻshimcha harajatlar

  • avtomobilning davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajat

  • avtomobilni sugʻurta qilish (avtomobil narxidan 2% miqdorida uch yilga).

Ushbu aksiya doirasida siz quyidagi avtomobillarni kreditga harid qilishingiz mumkin.

Aksiyani oʻtkazish muddati – 2020 yilning 30 noyabrigacha.

DIQQAT!!! Ushbu Aksiya boshqa turdagi va konfiguratsiyadagi avtomobillarga taaluqli emas!


Дата последнего обновления: 27.10.2020 10:01

Мобильное приложение JOYDA

Онлайн магазин товаров в рассрочку и онлайн банк в твоем телефоне