,
13.09.2018

Bank tizimida milliy valyutada yangi “Bayramona” nomli omonat joriy etildi

Bank tizimida milliy valyutada yangi “Bayramona” nomli omonat joriy etildi

“O‘zsanoatqurilishbank”: sarmoyangizni ko‘paytiramiz!

Omonatning saqlash muddatini omonatchi ishtirokisiz 2 marta uzaytirish mumkin. Omonat muddati uzaytirilganda hisoblangan, lekin mijoz tomonidan talab qilib olinmagan foizlar uning asosiy summasiga qo‘shiladi. E’tiborlisi, keyingi muddatlarda ustamalar ushbu yig‘ilgan miqdor uchun ham hisoblanadi.

Omonatning saqlash muddati 4 oy, unga qabul qilinadigan boshlang‘ich badal miqdori 10 000 so‘m. Belgilangan yillik ustama to‘lovi esa 15 foizdir.

Omonatga mablag‘lar naqd pulda yoki amaldagi depozit hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, naqd pulsiz plastik kartalar orqali hamda masofadan “UzPSB Mobile” mobil dasturi yordamida onlayn rejimda qabul qilinadi. Foiz to‘lovi har oyda to‘lanadi.


Дата последнего обновления: 13.09.2018 11:52

Мобильный банкинг JOYDA

Совершайте повседневные платежи, используя удобное приложение в смартфоне