,
17.09.2018

Bank teatr jamoasiga avtotransportlar sovg‘a qildi

Bank teatr jamoasiga avtotransportlar sovg‘a qildi

“O‘zsanoatqurilishbank” Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatr jamoasiga “Isuzi” rusumidagi yangi avtobus va yuk mashinasini sovg‘a qildi.

“O‘zsanoatqurilishbank” va Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri o‘rtasida “Do‘stlik” klubi tashkil etilib, hamkorlik masalalari belgilab olingan. Unga ko‘ra, ikki tashkilot vakillari o‘rtasida tez-tez uchrashuvlar uyushtirilmoqda, bankning joylardagi filiallarida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilinib, ularda nomdor aktyor va aktrisalar muntazam ishtirok etib kelmoqda.

 Tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq, “O‘zsanoatqurilishbank” teatr binosini rekonstruktsiya qilishga ko‘maklashdi. San’at dargohining o‘tgan 80 yillik tarixini tiklash hamda uning tamal toshini qo‘ygan buyuk san’atkorlarning qilgan ishlari, bosib o‘tgan shonli yo‘llari xususida hikoya qiluvchi foto, video hamda bosma materiallar o‘rin olgan teatr muzeyini tashkil etishga homiylik ko‘rsatdi.

 13 sentyabr kuni mazkur maskanning yangi ko‘rinishi hamda muzey ochilishiga bag‘ishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda bank vakillari so‘zga chiqib, teatr jamoasini yangi mavsum bilan qutladi.





Дата последнего обновления: 17.09.2018 18:28

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам