,
02.08.2018

“O‘zsanoatqurilishbank” Credit Suisse banki bilan 100 mln. yevrolik banklararo kredit bitimini imzoladi

Shveytsariyaning Syurix shahrida imzolangan ushbu bitim tadbirkorlik sub'yektlarining Respublikamizda investitsion loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.


Bitim Yevropa Ittifoqi davlatlari, Yaponiya, Koreya Respublikasi va XXR dan yuqori texnologik uskunalar, tovarlar va xizmatlar importini moliyalashtirish imkoniyatini beradi. Mazkur bitim doirasida investitsion loyihalar Euler Hermes, SERV, SACE va shu kabi boshqa eksport kredit agentliklari sug‘urta qoplamasi ostida 10 yil muddatgacha moliyalashtiriladi.


Ta’kidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bugungi kunda investitsion loyihalarni va tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish sohasida hamda xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar bilan hamkorlik borasida eng faol tijorat banklaridan biri hisoblanadi.


Birgina joriy yilning o‘tgan davrida bank tomonidan 400 mln.dollardan ortiq miqdordagi kredit liniyalari jalb qilindi. Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (86 mln.dollar), Turkiya Eksimbanki (26 mln.dollar), Landesbank Berlin AG (50 mln. yevro) hamda KFV Ipeks Bankning (100 mln.evro) kredit liniyalari shular jumlasidandir.

1.jpeg




    Дата последнего обновления: 08.08.2018 16:55

    «UzPSB Mobile»

    UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам