,
11.09.2018

“Agro Business Bukhara” forumida bank xizmatlari taqdimoti o‘tkazilmoqda

“Agro Business Bukhara” forumida bank xizmatlari taqdimoti o‘tkazilmoqda Kuni kecha Buxoroda o‘z eshiklarini ochgan “Agro Business Bukhara” forumida xorijiy investorlarga hududning investitsion salohiyatini namoyish etishda turli tegishli tashkilotlar qatorida tijorat banklari faol qatnashmoqda.

“O‘zsanoatqurilishbank” aktsiyadorlik-tijorat banki ham ushbu yirik anjumanda o‘z moliyaviy xizmatlari taqdimotini o‘tkazayotir.

Ta’kidlash joiz, “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasida ishga tushirilayotgan korxonalar tarkibida “O‘zsanoatqurilishbank” mijozlari alohida o‘rin egallagan. Ularning aksariyati issiqxona xo‘jaligini tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi loyihalarga bank tomonidan 9,5 mln. AQSh dollari hajmida investitsiya mablag‘lari jalb qilinmoqda.

“Buxoro mega gold”, “Toshkent temir beton”,“Omad”, “Kogon mega trans”, “Sardor milliy taomlari”, “Buxara gold favorit”, “Shoxrux megastroyservis”, “Varashxo meva-sabzavot” korxonalariga bank kreditlari ajratilayotgani fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Forum Buxoro viloyatida agrosanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan. 

Bank axborot xizmati










Дата последнего обновления: 12.09.2018 17:36

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам