,
21.01.2019

2018-yilda “O’zsanoatqurilishbank” qanday natijalarga erishdi?

2018-yilda “O’zsanoatqurilishbank” qanday natijalarga erishdi?

Faoliyati qariyb bir asrga tenglashayotgan “O’zsanoatqurilishbank” 2018-yilda ham yuqori natijalarga erishib, o‘z bozor mavqeini saqlab qoldi. Xususan, 2018-yilda aktiv ko‘rsatkichlari hamda kreditlaridan olgan foydasi o‘tgan davrlarga nisbatan 8-10-o‘rinlardan biryo‘la 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Bu haqda joriy yilning 19-yanvar kuni Bankning 2018-yilgi faoliyati yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan Boshqaruv yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Darhaqiqat, 2018-yil “O’zsanoatqurilishbank” uchun sermahsul kechdi. Bank mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, chakana bank xizmatlari, shu jumladan, interaktiv xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha e’tiborga molik ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, respublikamizda birinchilardan bo‘lib mijozlararo operatsiyalarning 24/7 rejimi ishga tushirildi. Tushlik vaqtida tanaffuzsiz xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Onlayn omonatlar, onlayn mikroqarz, “Kredit-karta”lar joriy qilindi. Milliy valyutadagi Visa kartalarini istalgan mamlakatda ishlatish imkoniyati yaratildi.

Yig‘ilishda Bank tomonidan 2018-yilda erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar sarhisob qilindi. Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida bank aktivlari, kredit portfeli, majburiyatlari hajmi bo‘yicha respublika tijorat banklari orasida 2-o‘rinni, kapitali, daromadlari miqdori bo‘yicha esa 3-o‘rinni egallagan. Xususan, kredit portfelida yuqori daromad keltiruvchi chakana kreditlar 26 barobarga, kichik biznesga ajratilgan kreditlari 3 barobarga ortgan.

Yig‘ilishda, shuningdek Bankning har bir filiali faoliyatiga doir 2018-yilgi hisobot hamda 2019-yilda amalga oshirilishi mo‘ljallangan biznes-rejasi taqdimoti o‘tkazildi.

Boshqaruv yig‘ilishda 2019-yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 22.01.2019 10:51

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам