,
13.07.2014

O‘zsanoatqurilishbank aksiyadorlarini navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

Ushbu yig‘ilishda asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 23 maydagi PQ-2179-sonli “O‘zbekiston sanoat – qurilish bank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki kapitallashuvini oshirishning qo‘Joriy yilning 13 iyun kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning bosh binosida bank aksiyadorlarining shimcha chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.


Shuningdek, majlisda bank nomining o‘zgartirilishi, Bank Ustavining yangi taxririni tasdiqlash, “Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi”, “Hisob komissiyasi”, “Bank Kengashi”, “Bank Boshqaruvi”, “Taftish komissiyasi” tartiblariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari ham ko‘rib chiqildi.


O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlarning xuquqini ximoya qilish” Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, bank nomi o‘zgartirildi.


Xukumat qaroriga ko‘ra O‘zsanoatqurilishbank ustav jamg‘armasini 2014-2016 yillarda bosqichma- bosqich 152 mln.AQSh dollari ekvivalentiga oshirib borish belgilangan. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 100 mln.AQSh dollari ekvivalenti miqdorida kiritilib, ushbu mablag‘ orqali maqsadli ravishda xukumatning yirik investitsion loyihalari moliyalashtiriladi.


Yig‘ilishda yuqoridagi qaror talablarining bajarilishi yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.


Дата последнего обновления: 26.08.2018 10:11

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам