Statistik ma'lumotlar

2019 yil 1 dekabr holatiga O‘zsanoatqurilishbank ATB jami kapitali tarkibida 77,2%ni ustav kapitali tashkil qilgan bo‘lib, 14,9% zahira kapitali va 7,9 % taqsimlanmagan foydadan iborat.

2014 yildan boshlab bank kapitali barqaror ravishda o‘sib keldi va 2019 yil 1 dekabr holatiga 6006,5 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'tgan 2017-2019 yillarda aktsiyalarni sotilishi natijasida jami kapital 3,7 trln. so‘mga o‘sdi.

O‘zsanoatqurilishbank ATB kredit qo‘yilmalari tarkibida yillar davomida eng katta qismini uzoq muddatli (bir yildan ortiq) kreditlar tashkil qilishini qayd etish lozim. Qisqa muddatli kreditlar hajmi 2014 yilga nisbatan 3,3 barobar oshdi.

So‘nggi 5 yilda bank kredit qo‘yilmalari barqaror sur’atlarda o‘sib keldi va 01.12.2018 y. holatiga 26,5 trln. so‘mga yetdi. Investitsion kreditlarning bank kredit portfelidagi ulushi har yili 80% atrofida bo‘lib, 2014 yilga nisbatan ular xajmi 4 barobarga o‘sdi va 20,9 trln.so‘mni tashkil qildi.

Ko‘rsatkichlar mlrd. so‘m %
Jami aktivlar, shundan: 42252.7 100%
Kassadagi naqd pullar 479.3 2%
Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi mablag‘lar 3290.4 10,2%
Kredit qo‘yilmalari va lizing xizmatlari 36280.2 83%
Investitsiyalar 215 0,1%
Hisoblangan foizli va foizsiz daromadlar 992.1 3,1%
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 387,9 0.5%
Sotish maqsadida olingan mol-mulklar 21 0.1%
Boshqa aktivlar 586.8 1.2%

2019 yil 1 dekabr holatiga bank aktivlarining 94% kredit qo‘yilmalari, Markaziy bank va boshqa banklardagi mablag‘lardan iborat va boshqa aktivlar atigi 6% tashkil etadi. Bankning 42.4 trln. so‘mlik aktivlarini 86 foizi kredit qo‘yilmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Resurs bazasini muddatli mablag‘lar hisobiga shakllantirish maqsadida, bank tomonidan muntazam ravishda obligatsiya va depozit sertifikat shaklidagi qimmatli qog‘ozlar muomalaga chiqarilib, joylashtirilmoqda. 2019 yil 1 dekabr holatiga shu yo‘l bilan jalb qilingan mablag‘lar 651,2 mlrd.so‘mni tashkil qildi.

O'tgan yil davomida bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar hajmi 1,8 baravar ortib, 3 trln. so'mga yetdi. 12.01.2019 yil yakunlariga ko'ra jismoniy shaxslarga berilgan kreditlarning umumiy kredit portfelidagi ulushi 8 foizni tashkil etdi.

Bankning depozit bazasi 2019 yilda 1,5 barobarga ortib, 7,3 trln. so‘mga yetdi. Shundan aholi omonatlari - 1,3 trln. so'm va xo'jalik yurituvchi subyektlarning depozitlari - 6 trln. sumga to‘g‘ri keladi.

Diagrammadan ko'rinib turibdiki, bank kapitalning etarlilik me'yorining yuqori koeffitsientlariga ega, bu bankning ishonchliligi va barqarorligini tasdiqlaydi. 2019 yil 1 dekabr holatiga ko'ra kapitalning etarlilik ko‘rsatkichi 19,8%, 1-darajali kapitalning etarlilik ko‘rsatkichi 16% va leveraj 10,7% tashkil qildi.

 

2014 y.

2015 y.

2016 y.

2017 y.

2018 y.

1.12.2019 y.

Jami

1 033 055

1 024 770

1 107 510

1 107 510

927 789

1 095 301

Jismoniy shaxslar

993 374

983 605

1 067 642

1 107 378

880 646

1 039 222

Xususiy tadbirkorlar

19 878

20 656

20 781

22 620

24 257

26 573

Dehqon va fermer xo'jaliklari

2 136

2 114

1 972

1 656

1 887

1 702

Qo'shma korxonalar

208

211

212

226

338

453

Boshqa mijozlar

17 459

18 181

16 903

17 147

20 661

27 351

2014-2019 yillarda bank mijozlari soni muntazam ravishda o‘sib, 2019 yil dekabr oyi natijalariga ko'ra 1095,3 ming donaga yetdi. Jumladan, bankda xizmat ko‘rsatilayotgan xususiy tadbirkorlar, qo‘shma korxonalar va boshqa mijozlar soni 2014 yilga nisbatan 16.4 ming donaga ko‘paydi.

O‘zsanoatqurilishbank tarkibiy bo‘linmalari soni 01.12.2018 holatiga ko‘ra 494 tani tashkil qilib undan 45 tasi filiallar tarmog‘i, 42 ta mini bank, 124 ta to‘lov shahobchasi, 45 ta jamg‘arma kassa, 43 ta sayyor kassa, 79 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shahobchasi, 73 ta valyuta ayirboshlash shahobchasi, 43 ta maxsus kassalardan iborat.



"Ahbor-Reyting" reyting-agentligi “Barqaror” prognozi bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning kredit reytingini “uzA + ” darajasida tasdiqlaydi.


Ko‘rib chiqilayotgan davr ichida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning ko‘rsatkichlari etarli darajada salmoqli o‘sishi kuzatilmoqda.


Shunday qilib, 2019 yilning 11 oyi davomida bank aktivlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1.4 barobar ko‘payib, 42.4 trillion so‘mga etdi (2018 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra 29,4 trillion so‘m).


“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning kredit portfeli o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobar o‘sib 37,5 trillion so‘mni yoki bankning jami aktivlarning  88% tashkil etdi.


“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning likvid pozitsiyasi yuqori darajada baholanmoqda.


Shunday qilib, 2019 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra bankning likvidli aktivlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobar ko‘payib, 2,6 trillion so‘mni yoki “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning jami aktivlarning 6%ni tashkil etdi.


Shunga qaramasdan, ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida likvidlikni qoplash koeffitsienti 155,7%ni, joriy likvidlik darajasi 74,5%ni tashkil etdi.


“O‘zsanoatqurilishbank” ATB resurs bazasining asosiy manbasi - mijozlarning mablag‘lari hisoblanib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobarga ortib, 2019 yil 11 oyi yakunlari bo‘yicha 7,3 trillion so‘mni yoki bankning barcha majburiyatlarini 20,2%ni tashkil etadi.


Shu bilan birga, 2019 yil 1 dekabr holatiga bankning kredit portfelini muddatli resurs bazasiga nisbati 120%ni tashkil etdi.


Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning kapitallashuvi maqbul darajada baholanmoqda.


Shu bilan birga, bankning umumiy kapitali o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobarga ortib, 6 trillion so‘mni tashkil etdi (2018 yil 1 dekabrda 2.6 trillion so‘m).


2019 yil 11 oyi natijalariga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda kapitalning etarlilik ko‘rsatkichi 19,8%ni (minimal me’yori 13%), 1-darajali kapitalining etarlilik darajasi 16%ni tashkil etdi (minimal me’yori 10%).


Bundan tashqari, ko‘rib chiqilayotgan davrda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning leveraj ko‘rsatkichi 10,7%ni tashkil etdi (minimal me’yori 6%).


Дата последнего обновления: 06.02.2020 20:00

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам