Bank Boshqaruvi

Boshqaruv to‘g‘risidagi Nizom (.pdf)Скачать
Jismoniy va yuridik shaxslarning qabul qilish vaqti (.jpg)Скачать


Bank Boshqaruvi



ANNAKLICHEV Saxi Saparmuxamedovich


  1. Lavozimi: Boshqaruv Raisi
  2. Qabul kunlari: Juma kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-45
  4. E-mail: raisga.murojaat@uzpsb.uz


Annaklichev Saxi Saparmuxamedovich 1975 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi,  To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. 1996 yil Turkmaniston xalq xo‘jaligi institutini, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini,    2008 yilda Yaponiya Kobe universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.


Mehnat faoliyatini 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Valyuta-iqtisodiyot bo‘limi yetakchi iqtisodchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmaning bosh iqtisodchisi, sho‘’ba mudiri lavozimlarida ishlagan.


2000-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya departamenti bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Markaziy bank huzuridagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha agentligi” Jahon banki loyihasining maslahatchisi, bosh buxgalter, direktor o‘rinbosari, Markaziy bank Moliya departamenti direktori, Davlat-tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringini muvofiqlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.


2018-2019 yillarda "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari


2019-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari


2020 yil martdan "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruvi Raisi lavozimiga tayinlangan.

Bank Boshqaruvi Raisi S.Annaklichev Bank ishiga umumiy rahbarlik qilish bilan birga quyidagi tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratini amalga oshiradi:
- Ijro nazorati departamenti;
- Yuridik departament;
- Xodimlarni boshqarish departamenti;
- Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti;
- Biznes tahlil markazi;
- Axborot xizmati;
- Birinchi boʻlim;
- Ichki audit departamenti ish faoliyatini muvofiqlashtirish.

AKBARJONOV Aziz Akbarjon o'gli


  1. Lavozimi: Boshqaruv Raisining birinchi o'rinbosari
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-00 (вн: 10-00)
  4. E-mail: info@uzpsb.uz


Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li 1985-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.


2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini, 2010-yil mazkur oliy o‘quv yurtining magistratura bo‘limini “Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.


Mehnat faoliyatini 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limi Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘limi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan.


2004-yildan 2018-yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limi Eksport-import va barter shartnomalarni ro‘yxatga olish va qayd qilish bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Yakkasaroy filiali Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i, Pul muomalasi va kassa operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i, filial boshqaruvchi o‘rinbosari-Front ofis boshlig‘i, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi Yangiobod filiali Front ofis boshlig‘i-boshqaruvchi o‘rinbosari, Yangiobod filiali boshqaruvchisi, Bosh amaliyot bo‘limi boshqaruvchisi v.b., Bosh amaliyot bo‘limi boshqaruvchisi hamda Toshkent viloyat bo‘limi boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.


A.Akbarjonovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi mehnat faoliyati 2018-yilda Loyiha boshqaruvi va ijro nazorati departamenti direktori lavozimidan boshlangan.


2019-yilning noyabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kredit direktori (SSO), 2020-yilning yanvar oyidan boshlab esa Kredit bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

Bank Boshqaruvi Raisining birinchi oʻrinbosari A.Akbarjonov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Bankni strategik rivojlantirish departamenti;
- Gʻaznachilik departamenti;
- Davlat dasturlari bilan ishlash departamenti;
- Metodologiya boshqarmasi;
- Aktiv va passivlarni boshqarish qoʻmitasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish.

AZIMOV Zafar Abdumajidovich


  1. Lavozimi: Boshqaruv Raisining o'rinbosari
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-95
  4. E-mail: info@uzpsb.uz


Azimov Zafar Abdumajidovich 1985-yil 14-fevralda Samarqand shahrida tug’ilgan.
2006-yilda Toshkent Moliya institutining bakalavriat bosqichini – «Bank ishi», 2008-yilda magistratura bo’limini esa «Kredit» mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtirish bo‘limining bosh iqtisodchisi lavozimidan boshlagan.

2007-yildan 2019-yilning fevral oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi Valyuta-iqtisodiyot bo‘limining bosh iqtisodchisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtirish departamenti bosh iqtisodchisi, Markaziy bank Tijorat banklarining investitsiyalar portfelini monitoring qilish boshqarmasining bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, Markaziy bank Tijorat banklarining investitsiyalar portfelini monitoring qilish departamenti direktori o‘rinbosari – Tijorat banklarining investitsiyalar portfelini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i,Markaziy bank Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyalashtirish bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Azimov Zafar Abdumajidovich 2019-yilning fevralidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Z.Azimov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Korporativ biznes departamenti;
- Tranzaksion banking departamenti;
- Xalqaro moliya institutlari va banklar bilan ishlash departamenti;
- Investitsiya qoʻmitasiga rahbarlik qilish;
- Bank nomidan kafolat va kafilliklarni imzolash;
- Kredit qoʻmitasi ishiga rahbarlik qilish.

ERGASHEV Anvarjon Abdumajitovich


  1. Lavozimi: Boshqaruv Raisining o'rinbosari
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-05
  4. E-mail: info@uzpsb.uz


Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 1973 yilda Jizzax viloyati, Zomin tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent moliya institutini “moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

Mexnat faoliyatini 1993 yil O‘zbek aktsiyadorlik innovatsion tijorat “Ipak yo‘li” banki bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan va mazkur bankda 1998 yilgacha kredit-tijorat investitsiyalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimigacha ishlagan. 1998-2006 yillar O‘zbek xalqaro banki “Uzprivatbank” Investitsion loyihalarni baholash, tahlil qilish va kreditlash departamenti boshlig‘i, Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Boshqaruvi Raisi lavozimlarida ishlagan.

2006-2017 yillar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB  Markaziy amaliyot mintaqaviy filiali boshlig‘i, 2017-2018 yillar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB buxgalteriya operatsiyalari nazorati  boshqarma boshlig‘i, pul muomalasi va kassa amaliyotlari departament direktori lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan

Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 2018 yil fevralidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari A.Ergashev quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti;
- Operatsion departament;
- Chakana biznes departamenti;
- Kichik biznes departamenti;
- Mijozlarga xizmat koʻrsatish va tarmoqlarni rivojlantirish departamenti.

ABDUROZZOKOV Yashin Mamarajabovich


  1. Lavozimi: Boshqaruv Raisining o'rinbosari
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-05
  4. E-mail: info@uzpsb.uz


Abdurozzokov Yashin Mamarajabovich 1979 yilda Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universitetini “iqtisodiyot”, 2003 yilda Toshkent moliya institutini “buxgalteriya xisobi”, 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat kurilishi akademiyasini “bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari” mutaxasissligi bo‘yicha tamomlagan.

 Mexnat faoliyatini 2003 yildan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida Ichki audit departamenti 1-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlab, turli rahbarlik lavozimlarida jumladan 2012 - 2014 yillar Sirdaryo mintaqaviy filiali boshlig‘i, 2014-2018 yillar menejment xatari departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

Abdurozzokov Yashin Mamarajabovich 2018 yil avgustidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
       

Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Y.Abdurozzoqov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Maʼmuriy xoʻjalik departamenti;
- “SQB Insurance” MCHJ hamda “SQB Capital” MCHJ faoliyatini muvofiqlashtirish;
- “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlik qilish.

TAVAKKALOV Ulugbek Uktamovich


  1. Lavozimi: Boshqaruv Raisining o'rinbosari
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-93
  4. E-mail: utavakkalov@uzpsb.uz


Tavakkalov Ulugbek Uktamovich 1978-yil 20-noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2000-yilda Rossiya Davlat servis universitetini “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishida, 2013-yilda Toshkent Moliya institutinig bakalavriat bosqichini – “Bank ishi”, 2016-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining magistratura bo’limini “Bank ishi” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997-yilda Toshkent shahar “Biznes-fond” AJ Kredit va monitoring bo’limining 1-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

2003-yildan 2019-yilning oktyabr oyiga qadar “Ipak Yo’li” AITB Monitoring bo’limi boshlig’i, Kredit portfeli monitoring boshqarmasi boshlig’i, Chakana biznes departamenti boshlig’i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tavakkalov Ulugbek Uktamovich 2019-yilning 7 oktyabridan “O’zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o’rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari U.Tavakkalov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Chakana xizmatlarni qoʻllab-quvvatlash departamenti;
- Axborot texnologiyalari departamenti;
- Marketing departamenti.

VOXIDOV Oybek Rozikovich


  1. Lavozimi: Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti - bosh buxgalter
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-36-38
  4. E-mail: info@uzpsb.uz


Voxidov Oybek Rozikovich 1980 yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “tashqi iqtisodiy faoliyat”, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “buxgalteriya xisobi”  mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Akmal Ikromov filiali Iqtisodiy tahlil, xalk xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlash va moliya bo‘limida yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan. Keyinchalik mazkur filial bosh buxgalteri o‘rinbosari, Mirzo Ulug‘bek filiali bosh buxgalteri, Hamza filiali bosh buxgalteri, Hamza filiali boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

2015 yilda  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori, Bank bosh buxgalteri lavozimiga tayinlangan.

Bankning  buxgalteriya hisobotini tashkil etish, haqqoniyligini ta’minlash, ish haqi, soliq, daromad va xarajatlar xisobini, arxiv ishini nazorat qilish, moliyaviy  xisobotlarni tuzish va rahbariyatga taqdim etish.

NORXUJAYEV Baxriddin Nuritdinovich


  1. Lavozimi: Yuridik departamen direktori
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-55
  4. E-mail: info@uzpsb.uz


Norxujayev Baxritdin Nuritdinovich 1964 yilda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan. 1986 yilda Toshkent davlat universitetini “xukukshunos”  mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1986 yilda Jizzax viloyati Adliya  bo‘limi maslaxatchisi  lavozimidan boshlagan. 1987 yildan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jizzax viloyati tuman sudi ijrochisi, Forish tuman davlat notariusi, Paxtakor tuman davlat notariusi, Jizzax shahar sudi sudyasi, Do‘stlik tumani sudi raisi, Jizzax viloyat sudi  raisi  lavozimlarida ishlagan.

2009 yilda  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Yuridik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Menejment xatari departamenti direktori o‘rinbosari, yuridik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatgan. 2017 yil aprelidan Yuridik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, boshqaruv a’zosi hisoblanadi va mazkur boshqarma 2018 yildan Departament maqomini olgan.
Bank ichki me’yoriy-huquqiy va boshka hujjatlar loyihalarining konunchilikka muvofiqligi yuzasidan nazorat olib boradi. Bank filiallari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashni tashkil etadi. Bankning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritadi, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini  ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi.



Fuqarolar og`zaki arizalarini ko'rib chiqish:

Tel: (+998 78) 120-45-01 (10-11)


Дата последнего обновления: 17.09.2020 16:59

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам