“SANOAT QURILISH BANK” ATB AKTSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILISHI HAQIDA XABARNOMA

“O‘zbekiston sanoat - qurilish banki” aktsiyadorlik tijorat banki (pochta manzili: Toshkent shahri, Shaxrisabz ko‘chasi 3 uy, elektron pochta manzili: info@uzpsb.uz) aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.
Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyi: 2018 yil 14 dekabr, soat 11:00, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5-uyda joylashgan bank binosida.

YIG‘ILISH KUN TARTIBI:

1. Affilangan shaxs bilan bitim tuzish to‘g‘risida;
2. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2018 yil 14 dekabr kuni
soat 10:00 dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilishga oid axborotlar (materiallar) bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5 uy.
Aktsiyadorlar shaxsan yoki ularning vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (jismoniy shaxs vakillari notarial tasdiqlangan, yuridik shaxs vakillari tashkilot tomonidan berilgan ishonchnoma) bilan yig‘ilishda ishtirok etishlari mumkin.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun bank aktsiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi: 2018 yil 30 noyabr.
Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aktsiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi: 2018 yil 10 dekabr.

Murojaat uchun telefonlar: 71 120 45 07, 71 120 36 25.

“Sanoat qurilish bank” Kengashi

Вернуться назад

Дата последнего обновления: 01.06.2019 16:17

Мобильное приложение JOYDA

Онлайн магазин товаров в рассрочку и онлайн банк в твоем телефоне