O‘zsanoatqurilishbank”ATB aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi xabarnomasi

“O‘ZSANOATQURILISHBANK” ATB AKTSIYADORLARINING
NAVBATDAGI YILLIK UMUMIY YIG‘ILISHI
O‘TKAZILISHI HAQIDA
X A B A R N O M A


“O‘zbekiston sanoat - qurilish banki” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyi: 2019 yil 28 iyun, soat 11:00, Toshkent shahri, Shaxrisabz ko‘chasi, 3 uy. Bosh bank binosi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun bank aktsiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi: 2019 yil 31 may.
Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aktsiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi: 2019 yil 24 iyun.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2019 yil 28 iyun kuni soat 10:00 da boshlanadi. Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aktsiyadorlarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotlar (materiallar) bilan Bosh bank binosida tanishish mumkin.

YIG‘ILISH KUN TARTIBI:


1. Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisobotini, bankning rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish to‘g‘risida.
2. Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish to‘g‘risida.
3. Bankning 2018 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.
4. Bankda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
5. Bank foydasini taqsimlash to‘g‘risida.
6. Bank Kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
7. Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
8. Bank Boshqaruvi Raisi va a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bir yil muddatga uzaytirish to‘g‘risida.
9. 2019 moliya yili bo‘yicha Bankda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotining xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida.
10. Bankning “2019-2021 yillar uchun rivojlanish strategiyasi”ni tasdiqlash va Bankning “2018-2022 yillar uchun rivojlanish strategiyasi”ni bekor qilish to‘g‘risida.
11. Bankning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish va qayta tasdiqlash to‘g‘risida.
12. Bankning yangi emblemasi (logotipi)ni tasdiqlash to‘g‘risida.
13. Bank Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
14. Bank aktsiyadorlarining umumiy yig‘ilish to‘g‘risidagi nizom (reglament)ni yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida.
15. Bank Kengashi to‘g‘risidagi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida.
16. Bank Boshqaruvi to‘g‘risidagi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida.

Aktsiyadorlar navbatdagi umumiy yig‘ilishga doir materiallar bilan tanishish va qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Toshkent shahar, Shaxrisabz ko‘chasi, 3 uy manziliga ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sanagacha murojaat qilishlari mumkin. 

Elektron manzili Investor@uzpsb.uz, veb-sayt:www.uzpsb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (+99878) 120-36-25, 120-45-07.
Aktsiyadorlar navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ovoz berish byulletenlari orqali ovoz beradilar.
Bankning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida aktsiyadorlarning quyidagi xujjatlar bilan ishtirok etishlarini so‘raymiz:
AKTSIYADORLAR - pasport, VAKILLAR - pasport va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan (jismoniy shaxs vakillari notarial tasdiqlangan, yuridik shaxs vakillari tashkilot tomonidan berilgan ishonchnoma).


“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi

Вернуться назад

Дата последнего обновления: 01.06.2019 16:43

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам